Logo

Bobirjon Omonov Dehli shahrida o'tkazilayotgan para yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi

Sentabr 30, 2025. 18:31 • 30 soniya

279
Bobirjon Omonov Dehli shahrida o'tkazilayotgan para yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi

DEHLI, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston milliy terma jamoasi Dehli shahrida bo'lib o'tayotgan para yengil atletika bo'yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bugun kunning birinchi yarmida Bobirjon Omonov yadro uloqtirish bahslarida (F41 toifasi) 12,36 m natija ko'rsatib, kumush medalni qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, mamlakatimiz vakillari chempionatning hozircha bitta oltin, to'rtta kumush va bitta bronza medalini jamladi.

Joriy yil 7-oktyabrgacha davom etadigan jahon chempionati 2028-yilgi yozgi Paralimpiya o'yinlari uchun muhim saralash bosqichi hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish