Logo

Futbol: O'zbekiston milliy terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi kechadigan bahslar uchun tarkibi e'lon qilindi

May 26, 2025. 15:56 • 2 daq

57
Futbol: O'zbekiston milliy terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi kechadigan bahslar uchun tarkibi e'lon qilindi

TOSHKENT, 26-may. /"Dunyo" AA/. Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyi Osiyo qit'asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9 va 10-tur uchrashuvlarini o'tkazadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.  

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, Milliy terma jamoasi mazkur turlarga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun 28 may kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi va 29 maydan yig'inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.

Quyida terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar:

 O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi").

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin" Rossiya), Abdulla Abdullayev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Manchester Siti"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Islom To'xtaxo'jayev ("OKMK"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Farrux Sayfiyev ("Neftchi").

Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov ("Bunyodkor"), Abbos Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Otabek Shukurov ("Al Feyha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo'riyev ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Aziz Turg'unboyev ("Sivasspor", Turkiya).

Hujumchilar:

Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeyev ("Paxtakor").

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Jahon chempionati 3-saralash bosqichida "A" guruhida mundialga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Hozirgi paytda O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

Bu guruhda Eron 20 ochko jamg'arib, birinchi o'rinda bormoqda va forslar Jahon chempionatiga yo'l olib bo'lgan. Ulardan so'ng 17 ochko bilan O'zbekiston terma jamoasi bormoqda. BAA 13 , Qatar 10 ochko, Qirg'iziston 6. KXDRda esa 2 ochko bor.

O'zbekiston milliy terma jamoasini 5 iyun kuni BAA bilan bo'lib o'tadigan o'yinda g'alaba yoki durang natijasi ham mundialga olib chiqadi chiqadi.

Mamlakatimiz bosh jamoasi 10 iyun kuni bo'lib o'tadigan so'nggi turda Qatarni qabul qiladi. Ushbu o'yin poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish