Logo

Futbol: O'zbekiston U-17 terma jamoasi "J" guruhidan joy oldi

May 26, 2025. 15:50 • 42 soniya

71
Futbol: O'zbekiston U-17 terma jamoasi "J" guruhidan joy oldi

TOSHKENT, 26-may. /"Dunyo" AA/. Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qur'a tashlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, mundialga qur'a tashlash marosimi Doha shahrida bo'lib o'tdi.

Qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining "J" guruhidan o'rin oldi. Ushbu guruhdan, shuningdek, Paragvay, Panama va Irlandiya terma jamoalari joy olgan. O'zbekiston U-17 terma jamoasi mundialdagi dastlabgi uchrashuvni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o'tkazadi. 8 noyabrda Irlandiya bilan o'yin bor. Guruhdagi so'nggi uchinchi o'yin 11-noyabr kuni Panama termasiga qarshi kechadi.

Shu yilning 3-27-noyabr kunlari Qatarda o'tadigan mundialda 48 ta terma jamoa 4 tadan 12 guruhga bo'lindi. Dastlabki ikki o'rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o'rin egalari 1/16 final bosqichiga yo'llanma oladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish