Futbol bo'yicha O'zbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni
Fevral 12, 2025. 18:25 • 51 soniya
• 77
TOSHKENT, 12-fevral. /"Dunyo" AA/. Futbol bo'yicha O'zbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston termasi ilk turda Indoneziyani 8:1, ikkinchi turda Nepalni 13:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi turda futbolchilar mezbon Bangladeshga qarshi maydonga chiqdi va 3:0 hisobida taslim qildi. Guruh bosqichining so'nggi turida Iroqni ham 3:0 hisobida yutdi.
Terma jamoamiz bugun Osiyo chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Finalda hamyurtlarimiz Indoneziyani 6:0 hisobida mag'lub etib, Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




