Xushxabar: O'zbekiston va Ozarbayjon 2027 yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Oktabr 02, 2025. 19:14 • 53 soniya
• 89
TOSHKENT, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun bo'lib o'tgan FIFA Kengashining navbatdagi yig'ilishida kun tartibidan o'rin olgan muhim masalalar qatorida 2027 yilgi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionati mezbonlari aniqlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar o'rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan o'tkaziladigan milliy terma jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.
So'nggi yillarda mamlakatimiz ko'plab yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Xususan, 2024 yilda yurtimizda o'tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan alohida e'tirof etildi. Mazkur musobaqalar, shuningdek, o'zbekistonlik mutaxassislarining xalqaro miqyosdagi yirik turnirlarni o'tkazish bo'yicha yetarlicha tajriba va salohiyat to'plashiga imkoniyat yaratdi.
2027-yilga kelib dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish uchun O'zbekiston va Ozarbayjonda to'planishadi. Yurtimiz, har doimgidek, o'zining mehmondo'stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislarining mehri bilan butun dunyo e'tiborini qozonishga tayyor.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi