Logo

O'zbekiston yosh dzyudochilarimiz Yevropa kubogida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi

May 06, 2025. 19:01 • 43 soniya

68
O'zbekiston yosh dzyudochilarimiz Yevropa kubogida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi

TOSHKENT, 6-may. /"Dunyo AA/. Turkiyaning Istanbul shahrida yoshlar o'rtasida "European Cup – 2025" turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Dyuzdo federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi munosib ishtirok etdi.


Dunyoning 30 davlatidan kelgan 500 nafardan ortiq yosh dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada Aselxan Aralbayeva va Umida Nig'matova o'z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo'ldi. Finalga qadar o'tgan bellashuvlarda Dilshodbek Hamroyev (-66 kg.) kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Bunyod Safarov (-73 kg.) bronza medalini qo'lga kiritdi.


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Birinchi o'rinni band etgan Braziliya terma jamoasi ham biz singari 2 ta oltin medalga ega chiqdi. Biroq ular kumush medallar soni ko'pligi evaziga umumjamoa hisobida birinchi pog'onaga joylashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish