Logo

Namanganda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Silk Way Namangan" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda

May 08, 2025. 14:16 • 26 soniya

35
Namanganda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Silk Way Namangan" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda

NAMANGAN, 8-may. /"Dunyo" AA/. Kecha Namangan viloyatida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Silk Way Namangan" xalqaro musobaqasi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur nufuzli musobaqada vakillarimiz bilan birga Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Belarus hamda Latviyadan 112 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ular 54 ta medal jamlanmasi uchun kurash olib boryaptilar.

Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini 40 nafar velopoygachi himoya qilyapti.

"Silk Way Namangan" xalqaro musobaqasi 10 mayga qadar davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish