Logo

O'zbekiston badiiy gimnastikachilari Xitoyda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda birinchi o'rinni egallashdi

May 15, 2025. 07:07 • 46 soniya

714
O'zbekiston badiiy gimnastikachilari Xitoyda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda birinchi o'rinni egallashdi

GUANCHJOU, 15-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida badiiy gimnastika bo'yicha "East cup & Olympic stars" xalqaro turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu musobaqada O'zbekistonning 11 nafar yosh iqtidorli sportchilari va Xitoy, Vyetnam, Avstraliya, Armaniston, Rossiya, Turkmaniston, Qozog'iston atletlari g'oliblik uchun kurash olib bordi. Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqalarda sportchi qizlarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, qator sovrinli o'rinlarni egallashdi.

Jumladan, yakka chiqishlar dasturida vatandoshlarimiz Danika Mun va Safina Yandasheva jamoaviy bahslarda esa 2015-2016-yillarda tavallud topgan sportchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar va tadbir homiylari tomonidan medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Turnir doirasida bo'lib o'tgan Xalqaro sport klublari assotsiatsiyasining 3-kongress yig'ilishida Vyetnam, Avstraliya, BAA davlatlaridagi sport klublarini a'zolikka qabul qilish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va joriy yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan musobaqalarining tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish