Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonda oʻtkazilayotgan para yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida yangi marralarni zabt etmoqda
Oktabr 04, 2025. 10:26 • 40 soniya
• 335

DEHLI, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Dehli shahrida boʻlib oʻtayotgan para yengil atletika boʻyicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Juma kuni sportchilarimiz bitta oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
400 metrga yugurish (T12 toifasi) musobaqalarida Faxriddin Hamroyev barcha raqiblaridan oʻzib ketib, marraga birinchi boʻlib yetib keldi.
Disk uloqtirish (F41 toifasi) bellashuvlarida ishtirok etgan Navroʻza Ahmatova esa 28,83 metrni zabt etdi. Ushbu yuqori natija bilan u chempionatning bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, mamlakatimiz vakillarining jahon chempionatidagi medallar shodasi 11 taga (toʻrtta oltin, beshta kumush va ikkita bronza medali) yetdi.
Bugun vakillarimiz jahon chempionatining navbatdagi musobaqalarida oʻz mahoratini namoyish etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi