Toshkent badminton bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda
Sentabr 19, 2025. 12:22 • 39 soniya
• 336
TOSHKENT, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kecha poytaxtimizda badminton bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lim o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, marosimda O'zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri, mamlakat badminton federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov, sport vaziri Adham Ikramov, oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov, shuningdek, Osiyo Badminton federatsiyasi mas'ullari ishtirok etib, mamlakatimizda sport taraqqiyoti bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida so'z yuritdilar va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.
Eslatib o'tamiz, 22-sentabrga qadar davom etadigan mazkur turnirda 7 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Dasturga ko'ra, sportchilar U-15, U-17 va U-23 yosh toifalarida jamoaviy, yakkalik, juftlik va miks yo'nalishlarida g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi