Logo

Toshkent shahri 2025-yilda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Dekabr 04, 2023. 16:22 • 57 soniya

527
Toshkent shahri 2025-yilda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

TOSHKENT, 4-dekabr. /"Dunyo" AA/. Qatarda bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha Gran-pri turniri avvalida Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda yaqin vaqt ichida o'tadigan yirik musobaqalarga mezbon davlatlar nomi belgilab olindi. Ahamiyatlisi, Toshkent shahri 2025-yil yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritdi. Qayd etish joiz, 2018-yil ham yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati poytaxtimizga ishonib topshirilgan va musobaqa yuqori saviyada o'tkazilgan edi.

2026-yilga belgilangan kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligi esa Xitoyning Ninbo shahrida o'tadigan bo'ldi. Ma'lumot uchun, kattalar o'rtasidagi jahon chempionati 2024-yil Bahrayn, 2025-yil Norvegiyada tashkil etiladi.

Qatar Gran-prisining birinchi kunida esa hamyurtlarimiz orasida Jamila Panfilova ishtirokini boshlaydi. -49 kg vazn toifasiga ega atletimiz «B» guruhida o'z omadini sinab ko'radi.

Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish