Logo

Toshkent shahri badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi

Aprel 23, 2025. 18:37 • 37 soniya

53
Toshkent shahri badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi

TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 25–27-aprel kunlari poytaxtimiz Toshkent yana bir yirik musobaqa – badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bu yilgi bahslarda 26 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi.


Musobaqa gimnastika bo'yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o'smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi maydonida bo'lib o'tadi. Tantanali ochilish marosimi 25-aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.


O'zbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli startga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.


Unda mamlakatimiz sharafini yakkalik bahslarida Taxmina Ikromova va Anastasiya Saranseva, guruh mashqlarida Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Is'hoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova kabi sportchilar himoya qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish