Logo

Toshkentda sinxron suzish bo'yicha "Suv parisi" birinchi ochiq Markaziy Osiyo chempionati boshlandi

May 15, 2025. 16:07 • 47 soniya

82
Toshkentda sinxron suzish bo'yicha "Suv parisi" birinchi ochiq Markaziy Osiyo chempionati boshlandi

TOSHKENT, 15-may. /"Dunyo" AA/. Bugun Toshkentda ilk bora sinxron suzish bo'yicha "Suv parisi" birinchi ochiq Markaziy Osiyo chempionati o'tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xalqaro turnir O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Sport vazirligi va O'zbekiston Suv sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

O'zbekiston Kasaba uyushmalarining "Suv sporti saroyi"da tashkil etilgan xalqaro musobaqada Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya, Belarus, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog'iston kabi davlatlardan 205 nafar sportchi ishtirok etyapti. 

U-12, U-15 va katta yoshdagilar o'rtasida bo'lib o'tayotgan musobaqalarda jami 186 ta medal jamg'armasi uchun bahs olib boriladi. 

Mazkur chempionatda O'zbekiston sharafini 66 nafar sportchi himoya qiladi. 

Bugun chempionat ishtirokchilari "Yangi O'zbekiston" bog'ida bo'lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo'ydilar.

Shundan so'ng sinxron suzish bo'yicha 12-15 yoshli sportchilarning chiqishlari boshlandi. Shu kunning o'zida kattalar ham suv sportida kuch sinashadi va g'oliblar aniqlanib, taqdirlash marosimlari tashkil etiladi. 

"Suv parisi" birinchi ochiq Markaziy Osiyo chempionati 17-may kuni yakunlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish