Sidneyda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi nishonlandi
Sentabr 23, 2026. 08:55 • 50 soniya
• 107
SIDNEY, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Avstraliyaning Sidney shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tantanali tadbirda Avstraliyada istiqomat qilayotgan qariyb 200 nafar vatandoshimiz, mahalliy jamoatchilik vakillari hamda turli davlatlar fuqarolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy urf-odat va an’analari, milliy taomlari hamda mamlakatning sayyohlik salohiyati namoyish etildi.
Ishtirokchilarga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi tashabbuslari haqida ma’lumot berildi.
Bayram tadbiri xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarni birlashtirish, O‘zbekistonning boy madaniyati va zamonaviy taraqqiyotini keng targ‘ib etish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi