O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Leningrad viloyatidagi mehnat migrantlari huzurida
May 26, 2025. 13:34 • 37 soniya
• 83
SANKT-PETERBURG, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Leningrad viloyati Volosovsk tumanidagi "Ostrogovitsi" chorvachilik fermasida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv davomida vatandoshlarga O'zbekistonda kechayotgan muhim islohotlar, xususan mehnat migrantlari huquqlarini munosib himoya qilish yo'nalishidagi o'zgarishlar haqida so'zlab berildi. Konsullik xizmatlari ko'rsatish tartiblari to'g'risida ma'lumot berildi.
Rossiyada ishlash maqsadida kelgan so'ng qonuniy bo'lish va patent rasmiylashtirish zarurligi ta'kidlandi. Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarimizga soddalashtirilgan tarzda biometrik pasport rasmiylashtirilayotgani hamda Sankt-Peterburg Migratsiya markazida haftaning har payshanba kuni Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakillarining qabul soatlari joriy etilganligi ma'lum qilindi.
Muloqot chog'ida Rossiyaning migratsiyaga doir qonunchiligini buzmaslik, haq-huquqlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tartiblari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi