O'zbek, qozoq va qirg'iz fuqarolari diplomatik vakolatxonalar ko'magida Myanmadan vatanga qaytarildi
Dekabr 11, 2025. 12:44 • 2 daq
• 235BANGKOK, 13-dekabr. /“Dunyo” AA/. O'zbekiston va Qozog'istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko'magida Myanmada og'ir vaziyatga tushib qolgan O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolari vatanga muvaffaqiyatli qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O'zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga bir guruh yurtdoshlarimiz Myanmada odam savdosi qurboniga aylangani va vatanga qaytishda yordam so'rab murojaat qilgan.
Murojaatchilarning so'zlariga ko'ra, ular Tailandga internetda yuqori maoshli ish taklifi bilan kelishgan. Ularga O'zbekistondan bepul aviachipta taqdim etilgan. Biroq, ular Tailandga yetib kelganidan so'ng, aldov yo'li bilan Myanma hududiga noqonuniy ravishda olib o'tilgan va u yerda odam savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoiy guruhlar qo'liga tushib qolgan. U yerda ularni firibgarlik telefon-markazlarida ishlashga majburlashgan. Noqonuniy harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortgan fuqarolar jismoniy zo'ravonlik va tahdidlarga duchor bo'lgan.
Shuningdek, Myanmada huddi shunday vaziyatda Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolari ham odam savdosi qurboniga aylangani aniqlandi. Qirg'izistonning Tailandda diplomatik vakolatxonasi yo'qligini inobatga olib, qo'shni davlatning iltimosiga ko'ra, O'zbekiston va Qozog'iston diplomatlari ushbu fuqarolarni ham vatanga qaytarishni tashkil etishda amaliy yordam ko'rsatdi.
Myanma va Tailandning vakolatli organlari bilan olib borilgan kelishilgan harakatlar va muzokaralar natijasida O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolari ozod qilinib, Maesot (Tailand) chegara punktida O'zbekiston va Qozog'iston diplomatlariga topshirildi. Ozodlikka chiqarilgan shaxslarga vaqtinchalik turar joy va oziq-ovqat berildi.
2025-yil 9-dekabrь kuni O'zbekiston va Qozog'istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko'magida O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolari vatanga muvaffaqiyatli qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
Halle shahrida mehnat migratsiyasi masalasida uchrashuv bo'lib o'tdi
Qirg'iz OAVda O'zbekiston Prezidenti tashabbuslariga bag'ishlangan maqola chop etdi


