Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Dekabr 12, 2025. 10:05 • 36 soniya
• 401
BOKU, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda Boku shahrida qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimizga amaliy yordam ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bu hamyurtimiz F.G. elchixonaga O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan. Shundan so‘ng, unga ko‘mak berish maqsadida, hamkor tashkilotlar bilan bog‘lanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Vatandoshimiz so‘zlariga ko‘ra, u joriy yil sentyabr oyida mehnat qilish maqsadida Ozarbayjon hududi orqali Turkiyaga jo‘nab ketgan. Biroq, Turkiya chegara xizmati xodimlari uni mamlakatga kiritmagan va u ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Elchixona tomonidan uning yurtimizga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan Boku–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar sotib olishda ko‘maklashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi