Qozog'istonda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz faoliyati va ularning huquqlari himoya ostida

Mart 12, 2025. 10:28 • 52 soniya

86
Qozog'istonda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz faoliyati va ularning huquqlari himoya ostida

OQTOV, 12-mart. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog'istonning Oqtov shahrida qurilish sohasida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Uchrashuv chog'ida O'zbekistonda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi.

Bosh konsulxona faoliyati, Qozog'istondagi vatandoshlarga konsullik-huquqiy xizmatlari ko'rsatish tartibi, konsullik ro'yxatida turishning afzalliklari xususida ma'lumot berildi.

Shuningdek, vatandoshlarga mezbon davlatning migratsiyaga doir qonunlariga rioya etish zarurligi ta'kidlandi. Turli noqonuniy guruhlar ortidan ergashmaslik, diniy ekstremistik tashkilotlarning yot g'oyalari ta'siriga tushib qolmaslik hamda ularning salbiy oqibatlaridan ogohlantirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish