Logo

Qozog'istonning Olmaota shahrida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar olindi

Sentabr 20, 2025. 13:05 • 30 soniya

52
Qozog'istonning Olmaota shahrida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar olindi

OLMAOTA, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Olmaota shahridagi "RAMS Qazaqstan" qurilish kompaniyasida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vatandoshlarga O'zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida tartibga solish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar, xorijdan o'z Vataniga qaytgan vatandoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha dasturlar to'g'risida so'zlab berildi. Shuningdek, mehnat migrantlari va ularning oilalariga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida to'xtalib o'tildi.


Qozog'istonning migratsiya qonunchiligiga qat'iy rioya qilish, noqonuniy tashkilotlar va tadbirlarga ishtirok etmaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.


Muloqot chog'ida yurtdoshlarimizning konsullik-huquqiy sohaga oid savollariga batafsil javob berildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish