Logo

Yekaterinburgda O'zbekiston fuqarolarini qonuniy ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi 

May 13, 2025. 10:21 • 49 soniya

110
Yekaterinburgda O'zbekiston fuqarolarini qonuniy ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi 

YEKATERINBURG, 13-may. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Yekaterinburg shahridagi halol go'sht mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Ixlas" korxonasi rahbari Aydin Gogayev bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

 Unda O'zbekiston fuqarolarini mazkur korxonaga qonuniy tarzda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkor Aydin Gogayev muloqot avvalida o'zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyati haqida batafsil so'zlab berdi.  Uning aytishicha hozirgi kunda korxonada 50 nafardan ortiq ishchi kuchini jalb qilishga ehtiyoj mavjud. Mazkur bo'sh o'rinlarga O'zbekistondan ishchi kuni yollashdan manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar ishchi kuchini jalb etish uchun tanlovlarni tashkil etish, ularning yashash va mehnat sharoitlari, mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjat (patent)ni rasmiylashtirish, fuqarolarni ish joyiga transfer qilish masalalari xususida fikr almashdilar.

"Mehnat migrantlarining barcha xarajatlari, jumladan vaqtincha ishlash huquqini beruvchi patentni rasmiylashtirish, ularning yashashi va boshqa barcha maishiy masalalarga oid muammolar korxona tomonidan bepul amalga oshiriladi", – dedi korxona rahbari.

 Muloqot yakunida O'zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan ishchi kuchini jalb etish bo'yicha muzokaralarni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish