Polsha xususiy bandlik agentligi O'zbekistondan ishchi kuchini jalb qilishga ko'maklashadi
Oktabr 02, 2025. 12:23 • 30 soniya
• 160
VARSHAVA, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Polshaning "MW-WORKSERVICE" Sp.zo.o. xususiy bandlik agentligi direktori Vitold Stanislav Ovcharchik bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Polsha vakiliga O'zbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikni takomillashtirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilish va ularning qonuniy mehnat faoliyati uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi.
Vitold Stanislav Ovcharchik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ahamiyatini yuqori baholash barobarida, O'zbekistondan ishchi kuchini jalb etishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar pilot loyiha sifatida 232 nafar mutaxassis va ishchilarni Polshaga ishga jalb qilishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi