Polshadagi vatandosh mehnat migrantlarining huquqlari himoyasi kuchaytiriladi
Sentabr 28, 2025. 14:41 • 39 soniya
• 159
VARSHAVA, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Polsha Davlat mehnat inspeksiyasi bosh inspektori o'rinbosari Urshula Langer uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Polsha tomoniga O'zbekistonda migratsiya sohasini tartibga solish, xorijdagi hamyurtlarimiz huquqlarini munosib himoya qilishga qaratilgan vazifalar, davlatimiz rahbarimiz qarorlari va qonunchilik talablari hamda O'zbekiston Migratsiya agentligi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Polshada vaqtincha mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolari huquq va manfaatlarini himoya qilish, noqonuniy mehnatni oldini olish, yurtimizdagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu mamlakatdagi vatandoshlarimizning huquqiy kafolatlarini yana-da mustahkamlash, migratsiya sohasidagi qonunchilikni muvofiqlashtirish va uch tomonlama shartnomalar amaliyotini joriy etishga e'tibor qaratildi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida o'zaro tajriba almashish va o'zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini ta'minlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi