Liviyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
Sentabr 22, 2025. 14:45 • 27 soniya
• 43
QOHIRA, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi diplomatlari Liviyada vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan onlayn uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Liviyada qurilish sohasida ishlayotgan 100 dan ortiq hamyurtlarimiz qatnashdi.
O'zbekiston diplomatlari vatandoshlarga mezbon mamlakatning migratsiyaga oid qonunlariga rioya qilish muhimligini ta'kidladilar. Zarur hollarda elchixonaga murojaat qilish tartibi, tezkor huquqiy maslahat olish va moddiy yordam olish mexanizmlari haqida aytib o'tildi.
Ish beruvchi "Beoblocks Beogard" kompaniyasi rahbariyati bilan kechgan suhbatda vatandoshlarimizning Liviyada qonuniy bo'lishini ta'minlash va ularga munosib sharoitlarni yaratish xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi