O'zbekiston va Serbiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda
Fevral 20, 2025. 10:46 • 55 soniya
• 519
BELGRAD, 20-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Serbiyaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi vakillari o'rin oldi.
Tashrif doirasida Serbiya mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy masalalar vaziri Nemanya Starovich, Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Nikola Stoyanovich va Serbiya Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Vladan Zagrajanin bilan muzokaralar o'tkazildi.
Uchrashuvlar chog'ida tashqi mehnat migratsiyasi, viza tartibini soddalashtirish, shuningdek, Serbiyada mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi hukumatlararo bitimni ishlab chiqish hamda imzolash to'g'risida kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, har ikki tomon uchun qulay vaqtda ikki davlat konsullik-huquqiy departamentlari o'rtasida muntazam maslahatlashuvlar o'tkazishdan o'zaro manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xususan, ikki davlat o'rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldilar.
Tashrif natijalari O'zbekistonning Serbiya bilan o'zaro munosabatlarni mustahkamlash va tomonlarni qiziqtirgan turli sohalarda manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istagini tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi