O'zbekiston va Buyuk Britaniya mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi
Sentabr 21, 2025. 12:27 • 50 soniya
• 118
LONDON, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniyaning Ekspluatatsiya va mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash tashkiloti (Gangmasters and Labour Abuse Authority – GLAA) direktori Eliza Makkaffri bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat davomida O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari bo'yicha fikr almashildi.
Migratsiya agentligi va "GLAA" o'rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish to'g'risidagi memorandum imzolandi.
Hujjat Buyuk Britaniyaga ishchi kuchi yetkazib berish jarayonini tartibga solish, jalb etiladigan mehnat migrantlarining sonini ko'paytirish hamda ushbu mamlakat hududida ishlayotgan fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish imkonini yaratadi.
"GLAA" – Buyuk Britaniyaning davlat nazorat organi hisoblanadi. Tashkilot qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi xususiy bandlik va rekruting agentliklariga litsenziya berish, ularning faoliyatini nazorat qilish, mehnat huquqlari buzilishining oldini olish va mehnat muhitini yaxshilash bilan shug'ullanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi