TIVda xususiy bandlik agentliklari faoliyatini takomillashtirish, xorijdagi O'zbekiston fuqarolariga huquqiy va konsullik yordamini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
May 13, 2025. 09:56 • 51 soniya
• 129
TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev, Migratsiya agentligi direktori o'rinbosari Matlab Kuranov hamda Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi (XBAU) raisi Toshtemir Xaydarov ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda xorijiy davlatlarga ishlash uchun yuborilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, xorijdagi ish joyini tark etish holatlarini oldini olish, mehnat shartnomalariga konsullik ro'yxatidan o'tish to'g'risida alohida bandni kiritish hamda XBAU faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, TIV va XBAU o'rtasida hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, xorijdagi fuqarolarga huquqiy va konsullik yordamini samarali tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.
Yig'ilishda TIV ko'magida 2025-yil iyun oyida Germaniya va Xorvatiya kabi rivojlangan davlatlarda mehnat yarmarkalari hamda "B2B" formatida ish beruvchilar bilan muzokaralar o'tkazish masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida chet eldagi fuqarolarning xavfsiz va qonuniy mehnat faoliyatini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi