Logo

Qozog'istonning Jambil viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Sentabr 22, 2025. 09:21 • 39 soniya

46
Qozog'istonning Jambil viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

TARAZ, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog'istonning Jambil viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida yigirmaga yaqin O'zbekiston fuqarolarining murojaatlari ko'rib chiqildi. Jumladan, xorijga chiqish uchun biometrik pasporti rasmiylashtirish masalasida 8 nafar, O'zbekistondan hujjatlarni talab qilish masalasida 2 nafar, fuqarolikdan chiqish, fuqarolikka mansub yoki mansub emasligini aniqlash masalasida 10 nafar hamyurtimizga tegishli tartibda amaliy yordam ko'rsatildi.

Qabulga kelgan vatandoshlar ko'rsatilgan konsullik-xizmatlarini yuqori baholash barobarida, bunday tadbirlarni muntazam ravishda o'tkazish taklifini bildirishdi.

Bosh konsulxona xodimlari, shuningdek, Taraz shahrida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan muloqot qildilar. Uchrashuv chog'ida Qozog'iston qonunchiligi talablarini inkor etmaslik, haq-huquqlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish