Logo

O'zbekiston fuqarolari diqqatiga: 2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga kirayotgan chet el fuqarolari uchun QR-kod talab etiladi

May 19, 2025. 11:10 • 48 soniya

2508
O'zbekiston fuqarolari diqqatiga: 2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga kirayotgan chet el fuqarolari uchun QR-kod talab etiladi

TOSHKENT, 19-may. /"Dunyo" AA/. 2025-yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari "Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali oldindan ro'yxatdan o'tishi va QR-kod olishi shart bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo'limi telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, QR-kodni chegaradan o'tishda taqdim etish talab etiladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun:

-shaxsiy kabinet yaratish;

- fotosurat va shaxsiy ma'lumotlarni yuklash;

-Rossiyada bo'lish muddatini ko'rsatish kerak.

Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.

Agar kelish zarurati to'satdan (masalan, og'ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo'lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.

Quyidagilar ro'yxatdan o'tishdan ozod qilinadi:

-Belarus fuqarolari;

-6 yoshgacha bo'lgan bolalar;

-viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi – ularda ham shaxsiy ro'yxatdan o'tish kodi bo'lishi shart.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish