Rossiyaning Buryatiya Respublikasidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi
May 25, 2025. 13:23 • 45 soniya
• 64
ULAN-UDE, 25-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Buryatiya Respublikasiga ishchi safari doirasida mazkur hududdagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sayyor qabul davomida uch nafar voyaga yetmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga yurtimizga qaytish guvohnomalari topshirildi. Shuningdek, vatandoshlarimizning pasport va migratsiya bilan bog'liq muammolari joyida hal etildi.
Qabuldan so'ng vatandoshlar bilan alohida uchrashuv tashkil etildi. Yurtdoshlarimizning e'tibori Bosh konsulxona tomonidan hamyurtlarimizga ko'rsatilayotgan xizmatlar, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha ishlarga qaratildi.
2024-yilda Buryatiya vakolatli idoralari mamlakatimiz fuqarolariga yetti mingdan ortiq, joriy yilning dastlabki to'rt oyida esa uch mingga yaqin mehnat patentini bergani ma'lum qilindi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan vatandoshlar joylarda sayyor konsullik qabullarini o'tkazish amaliyotini qo'llab-quvvatlagan holda, huquqiy mavzudagi suhbatlar ularga Rossiya hamda Buryatiyaning migratsiya qonunchiligini yanada yaxshiroq tushunish imkoniyatini berishini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi