Logo

O'zbekiston sayyohlik imkoniyatlari "Mangystau International Tourism Forum"da namoyish etildi

Sentabr 28, 2025. 12:27 • 40 soniya

46
O'zbekiston sayyohlik imkoniyatlari "Mangystau International Tourism Forum"da namoyish etildi

OQTOV, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Oqtov shahrida "Mangystau International Tourism Forum" bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Ozarbayjon, Turkiya, Qirg'iziston, Rossiya, Xitoy, Eron, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston va boshqa davlatlar turizm sohasi vakillari qatnashdi.


O'zbekiston delegatsiyasi forumda faol qatnashib, yurtimiz imkoniyatlarini taqdim etdi va samarali muzokaralar o'tkazdi. Ishtirokchilarga O'zbekiston turizm salohiyati, yangi turistik yo'nalishlar va sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida ma'lumotlar berildi.


Forum doirasida O'zbekiston tomoni Qozog'iston va boshqa mamlakatlarning yetakchi sayyohlik kompaniyalari, turagentliklar hamda mehmonxonalar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Jumladan, "Qaraqalpak palas otel" hamda "Wyndham Hotels & Resorts" mehmonxonalar tarmog'i rahbariyati o'rtasida Nukus shahrida ushbu brend ostida mehmonxona ochish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi.


O'zbekiston delegatsiyasi 26-29-sentyabr kunlari Mangistau viloyatida bo'lib o'tadigan "Infoturda" qatnashadi va 30-sentyabr kuni O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish