Logo

Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi

Dekabr 05, 2025. 12:50 • 2 daq

122
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi

BERLIN, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan “Barqaror rivojlanish uchun turizm: hamkorliklar platformasi diqqat markazida O‘zbekiston” mavzusida tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu 16-plenar yig‘ilishida GFRdagi turli vazirlik va idora xodimlari, sayyohlik kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Yig‘ilish Mattias Beyer (mascontour, GSTC) moderatorligida o‘tdi. Unda “Lernidee Erlebnisreisen” kompaniyasidan Nurlan Mukash, “ZENAT/Hochschule Eberswalde”dan Nikole Hoysler, Germaniya Turizm uyushmasi agentligining taʼlim va xizmat safarlari bo‘yicha mutaxassisi Riko Dengler (Deutsche Reiseverband) hamda Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha federal vazirligi vakili Marlen Xomeyer (BMZ) va boshqalar mavzu yuzasida o‘z fikrlarini bayon etdi.

Tadbirda O‘zbekistonning turizm salohiyatini yanada oshirish, barqaror turizmni rivojlantirish va bu borada Germaniya hamda boshqa xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Qatnashchilar ikki va ko‘p tomonlama loyihalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy turizm infratuzilmasi va “yashil” yechimlarni joriy etish borasidagi imkoniyatlarni muhokama qildi.

O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov o‘z chiqishida barqaror turizmni rivojlantirish mamlakatimiz davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini taʼkidladi. So‘nggi yillarda Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, jumladan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida infratuzilmani yangilash, sayyohlik mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda xizmatlar sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, yaqinda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan turizmga oid qarorning amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, ekologik va madaniy merosni asrash, mahalliy hamjamiyatlar hamda kichik va o‘rta biznes ishtirokini kuchaytirish, shuningdek sohada kadrlar tayyorlash va raqamlashtirishni jadallashtirishga alohida urg‘u berildi. Iqlimga chidamli turizm infratuzilmasini joriy etish, Germaniya bilan qo‘shma loyihalar va investitsiyalarni ko‘paytirish, shu maqsadda hamkorlik memorandumlarini qabul qilish va tajriba almashuvini kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Muhokamalarda nemis ekspertlari O‘zbekistonning barqaror turistik yo‘nalish sifatida xalqaro miqyosdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, xalqaro standartlarga mos sifat va mezonlarini ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Sohada taʼlim va kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish, ayniqsa, shu o‘rinda, Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘istonda “Green Hospitality” loyihasi doirasida malakali gidlarni tayyorlashga ko‘mak berish ilgari surildi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish