Logo

O'zbekiston turizm salohiyati Fransiyada o'tkazilayotgan "IFTM Top Resa" ko'rgazmasida taqdim etilmoqda

Sentabr 25, 2025. 20:57 • 36 soniya

95
O'zbekiston turizm salohiyati Fransiyada o'tkazilayotgan "IFTM Top Resa" ko'rgazmasida taqdim etilmoqda

TOSHKENT, 25 sentyabr. /"Dunyo" AA/. Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Parijda bo'lib o'tayotgan Yevropaning eng yirik xalqaro sayyohlik ko'rgazmalaridan biri – "IFTM Top Resa"da qatnashmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Qo'mita ma'lumotiga ko'ra, O'zbekistonning milliy stendi ko'rgazma tashrif buyuruvchilarini mamlakatning boy madaniy merosi, ekoturizm va ziyorat yo'nalishlari imkoniyatlari, shuningdek, mehmonxona va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha zamonaviy loyihalar bilan tanishtirmoqda.

Tadbir doirasida Fransiya va Yevropaning yetakchi turoperatorlari, sarmoyadorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan V2V formatida ishbilarmonlik uchrashuvlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Fransiya va Yevropa sayyohlik bozorida "O'zbekiston" brendini targ'ib qilish, qo'shma yo'nalishlarni rivojlantirish va sayyohlar oqimini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish