Logo

O'zbekistonning Kuvaytdagi madaniyat va turizm elchisi ijodiy safar bilan Farg'ona viloyatida bo'ldi

Avgust 01, 2025. 12:26 • 46 soniya

59
O'zbekistonning Kuvaytdagi madaniyat va turizm elchisi ijodiy safar bilan Farg'ona viloyatida bo'ldi

AL-KUVAYT, 1-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Kuvaytdagi madaniyat va turizm elchisi, mashhur bloger Abdulkarim al-Hindal ijodiy safar bilan Farg'ona viloyatida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan safar davomida u Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Xurshidjon Axmedov, Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Jahongir Tojibayev bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog'ida o'zaro hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.

Abdulkarim al-Hindal Farg'ona viloyatidagi tarixiy va zamonaviy imkoniyatlarni yuqori baholab, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga ishonch bildirdi.

O'zbekiston madaniyat va turizm elchisi tashrif davomida Farg'ona viloyatining, turizm, madaniy, hunarmandchilik va agrar salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Marg'ilon shahridagi "Hunarmandlar" markazi qoshida tashkil etilgan "Karvon saroy" majmuasida bo'ldi. Kuvaytlik bloger usta hunarmandlar tomonidan yaratilgan milliy mahsulotlarni yuksak baholadi.

Abdulkarim al-Hindal Farg'ona viloyatining turistik salohiyati, madaniyati va urf-odatlari to'g'risida qator videokontentlar tayyorlab, o'zining "Instagram" ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali kuzatuvchilariga taqdim etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish