Qozog'istonning Jambil viloyatidan keladigan sayyohlar oqimi ko'payadi
Sentabr 21, 2025. 12:59 • 47 soniya
• 57
TARAZ, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Jambil viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Nurjan Kalendirov bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Nurjan Kalendirov O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda ikki xalq o'rtasidagi do'stona va qo'shnichilik aloqalarini yuksak baholadi. Uning aytishicha, Jambil viloyati O'zbekistonning Jizzax, Namangan, Samarqand va Navoiy viloyatlari bilan yaqin hamkorlik aloqalariga ega.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarda turizm sohasi alohida o'rin tutishi qayd etdi. Jambil viloyatidan O'zbekistonga sayyohlar soni oshirish, hunarmandchilik yo'nalishida xalqaro maydonda qo'shma brendlarni ilgari surish mumkinligi ta'kidlandi.
O'zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Jambil viloyati turkompaniyalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri sheriklikni yo'lga qo'yish taklifi qo'llab-quvvatlandi. Bu o'zaro turistik safarlar tashkil etish, yangi turpaketlarni joriy qilish, jumladan ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida, birgalikda ikki davlat turizm tashkilotlari va kompaniyalari vakillari ishtirokida sayyohlik-forumini o'tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi