BAA sayyohlik kompaniyasi "Wonders of Uzbekistan" loyihasini amalga oshiradi
Sentabr 22, 2025. 19:23 • 26 soniya
• 48
ABU-DABI, 22-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi va Birlashgan Arab Amirliklarining "Holiday factory" sayyohlik kompaniyasi o'rtasida "Wonders of Uzbekistan" loyihasini amalga oshirish to'g'risida bitim imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, loyiha 2025-yil 1-oktyabrdan – 2026-yil 31-martgacha amalga oshiriladi. "Holiday factory" sayyohlik kompaniyasi O'zbekistonning asosan qish mavsumidagi turizm salohiyatini targ'ib qiladi, turizm infratuzilmasiga nisbatan bo'sh bo'lgan davrda sayyohlarni jalb etadi.
Targ'ibot davrida kompaniya BAAdan kafolatlangan 2 ming sayyohni O'zbekistonga safarini uyushtirish vazifasini o'z zimmasiga oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi