O‘zbekiston va Janubiy Koreya hududlarni rivojlantirish uchun ilg‘or boshqaruv modellarini muhokama qildi
Noyabr 28, 2026. 17:00 • 2 daq
• 33
TOSHKЕNT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Husainov Koreya xorijiy infratuzilma va urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash korporatsiyasi (KIND) prezidenti va bosh ijrochi direktori Kim Bok Xvan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, hududlarning iqtisodiy o‘sishi va infratuzilmasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni izlash, ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Hududlarni kompleks rivojlantirishda zamonaviy boshqaruv modellaridan foydalanish, investitsiya loyihalarini samarali tashkil etish, shaharsozlik va infratuzilmada innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, boshqaruv natijadorligi va samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shaharlarni rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini boshqarish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish hamda uni O‘zbekiston hududlarida qo‘llash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Buxoro, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududlarning o‘sish nuqtalari asosida yangi loyihalarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi