Logo

Buxoro an'anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko'rmoqda

May 21, 2025. 15:56 • 24 soniya

245
Buxoro an'anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko'rmoqda

TOSHKENT, 21-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 6-8-iyun kunlari qadimiy Buxoro shahrida XXI an'anaviy Ipak va ziravorlar festivali bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir doirasida yorqin taqdimotlar o'tkaziladi, xususan, sharqona ziravorlar hamda mahalliy ipak va paxtadan tayyorlangan mahsulotlar – o'zbek xonatlasi, adras va ikat yarmarkalari tashkil etiladi.

Shuningdek, festival kun tartibidan turli musiqiy chiqishlar, etno-moda namoyishlari, xalq amaliy san'ati ko'rgazmalari, turli ko'ngilochar tadbirlar va gala konsertlar o'rin olgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish