O'zbekistonning boy madaniyati va turizm salohiyati BAAda namoyish etildi
Mart 08, 2025. 05:50 • 45 soniya
• 116
ABU-DABI, 8-mart. /"Dunyo" AA/. Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja amirligidagi Al-Qosimiya universitetida bo'lib o'tgan "AQU Global Day" xalqaro etnografiya festivalida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xalqaro tadbirda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilari, talabalar, ota-onalar, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Festivalda 30 dan ortiq davlatning milliy taomlari, urf-odatlari hamda turizm salohiyati namoyish etildi.
Tadbir maydonida vatandoshlar talabalar tomonidan mamlakatimiz elchixonasi va Dubay shahridagi Bosh konsulxona ko'magida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Unda o'zbek milliy taomlari, xalq amaliy san'ati namunalari, kulolchilik, yog'och o'ymakorligi mahsulotlari, miniatyura san'ati asarlari, milliy urf-odatlar va yurtimizning turizm salohiyati taqdim etildi.
Mehmonlarga o'zbek milliy taomlari, O'zbekistonning turizm salohiyati haqida so'zlab berildi, shuningdek, ularga yurtimizga sayohat qilish tavsiya etildi.
Al-Qosimiya universitet rektori, professor Shayx Avad Husayn al Xalaf va boshqa professor-o'qituvchilar O'zbekiston stendini yuqori baholashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi