Logo

Kuvaytlik mashhur bloger "O'zbekiston: tarix va mehmondo'stlik diyori" nomli videokontentni e'lon qildi

Sentabr 19, 2025. 15:31 • 34 soniya

50
Kuvaytlik mashhur bloger "O'zbekiston: tarix va mehmondo'stlik diyori" nomli videokontentni e'lon qildi

AL-KUVAYT, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Kuvaytdagi turizm va madaniyat elchisi, taniqli bloger Abdulkarim Al-Hindol ijodiy safar bilan Toshkent, Farg'ona va Samarqandda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bloger mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari hamda madaniy merosiga doir "O'zbekiston: tarix va mehmondo'stlik diyori" nomli arab tilida mediakontent tayyorlab, o'zining instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida e'lon qildi. Unda mamlakatimizning boy madaniyati, tarixiy obidalari, o'zbek xalqining an'ana va urf-odatlari hamda mehmondo'stligi batafsil yoritilgan.

Abdulkarim Al-Hindol bloger sifatida O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi bilan yaqin ijodiy aloqalar o'rnatib, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlarni keng yoritib kelayapti. Shuningdek, u O'zbekistonning turistik salohiyatini ijtimoiy tarmoqlarda faol targ'ib qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish