London shahrida O'zbekiston va Buyuk Britaniya turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi
Iyun 25, 2025. 15:38 • 2 daq
• 55
LONDON, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida O'zbekiston va Buyuk Britaniya sayyohlik sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Biznes-forumda O'zbekiston Turizm qo'mitasi, yurtimiz elchixonasi, Xorazm viloyati hokimligi mutasaddilari, yetakchi turoperatorlar va sayyohlik agentliklari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning taniqli turkompaniyalari, aviatsiya, mehmonxona va investitsiya sohalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ikki mamlakat o'rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi imkoniyat va loyihalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Forumda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, elektron viza tizimi, sayyohlik infratuzilmasini yaxshilash, yangi marshrutlar va servislar yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar haqida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekiston Yevropa bozori uchun xavfsiz, ekzotik va boy madaniy merosga ega bo'lgan zamonaviy turistik yo'nalish ekanligi alohida ta'kidlandi.
Anjuman doirasida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi. Yig'ilganlar Samarqand, Buxoro, Xiva va Nukus kabi shaharlarimiz, yurtimizning ekoturizm, gastroturizm va ziyorat turizmi borasida imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Forumning britaniyalik ishtirokchilari O'zbekistonni o'zining noyob tarixiy shaharlari, madaniy xilma-xilligi, samimiy va mehmondo'st xalqi hamda jozibali turistik yo'nalishlari bilan sayyohlar uchun nafaqat xavfsiz va maqbul, balki madaniyat va tarix bilan boyitilgan betakror yo'nalish sifatida qiziqtirib borayotganini ta'kidlashdi.
Londonda bo'lib o'tgan biznes-forum ikki mamlakat o'rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sayyohlik sohasida tajriba almashish va o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi