“GLOBE+” nashri: O‘zbekiston gastronomik madaniyati — milliy boylik va madaniy merosning muhim qismi

Oktabr 27, 2026. 13:00 • 2 daq

• 271

TOKIO, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning eng yirik gazetalaridan biri “The Asahi Shimbun” tarkibiga kiruvchi “GLOBE+” internet-nashrida “Faqat palov emas: O‘zbekiston bo‘ylab sayohatdagi gastronomik kashfiyotlar” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada O‘zbekistonning gastronomik madaniyati milliy boylik, oilaviy qadriyatlar va boy madaniy merosning muhim qismi sifatida tasvirlangan. 

Muallif toshkentcha palov tayyorlashning o‘ziga xosliklari, samarqandcha nonlarning naqshlaridan tortib, Orolbo‘yi mintaqasining o‘ziga xosligini ochib beruvchi Qoraqalpog‘istondagi an’anaviy beshbarmoqqacha bo‘lgan mintaqaviy oshpazlik an’analarining rang-barangligini qayd etgan.

O‘zbek oshpazlik an’analarini yaponlarning guruch iste’mol qilish madaniyati bilan qiyoslagan holda, muallif O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyati Yaponiya auditoriyasi uchun nihoyatda yuqori ekanini ta’kidlaydi. Oylik auditoriyasi 30,6 milliondan ortiq foydalanuvchini tashkil etuvchi bunday resurslardagi nashrlar o‘zbek yo‘nalishining ommabopligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Yaponiya O‘zbekistonning turizm sohasidagi asosiy hamkorlaridan biri ekani qayd etilgan. 2026-yil yanvar-sentabr oylarida mamlakatimizga tashrif buyurgan yapon sayyohlari soni 36 ming kishidan oshib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,3 foizga ko‘paygan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish