Moskvada "Markaziy Osiyo "Uzbekistan Airways" qanotida birinchi yillik forumi bo'lib o'tdi
May 16, 2025. 14:19 • 2 daq
• 49
MOSKVA, 16-may. /"Dunyo" AA/. Moskva shahrida "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi tomonidan O'zbekiston elchixonasi ko'magida "Markaziy Osiyo "Uzbekistan Airways" qanotida" birinchi yillik forumi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekiston va Rossiya turizm sohasining yetakchi vakillarini birlashtirgani xalqaro sheriklikni mustahkamlash va ikki davlat o'rtasida sayyohlik oqimini rivojlantirishda muhim qadam bo'ldi.
"Uzbekistan Airways" forum tashabbuskori sifatida xalqaro aviatashuvlar va turizm kelajagi, shuningdek, rivojlanishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha o'z qarashlarini taqdim etdi. Shuningdek, yo'nalishlar tarmog'ining kengayishi, yangi yo'nalishlar, parvozlar chastotasi, Toshkentdagi zamonaviy aviatsiya xabi orqali sayohat qiluvchi yo'lovchilarga taklif etilayotgan qulay ulanishlar va xizmatlar haqida ma'lumot berildi.
Tadbirining ochilish qismida "Uzbekistan Airways" Milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari Shuhrat Yadgarov va O'zbekiston elchisi Botirjon Asadov ma'ruza bilan qatnashdi.
Dasturning asosiy qismida ishtirokchilarga O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga doir videorolik namoyish etildi. Shuningdek, O'zbekistonning sayyohlik salohiyati, boy madaniy meros, rivojlanayotgan infratuzilma va turizm sohasidagi O'zbekiston-Rossiya hamkorligi istiqbollari haqida taqdimotlar o'tkazildi.
"Uzbekistan Airways" alohida blok tarkibida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish darajasini oshirish, yo'nalishlar tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha o'z tashabbuslari hamda Markaziy Osiyo va Rossiya o'rtasidagi havo aloqasini ta'minlashdagi aviakompaniyaning strategik roli haqida batafsil so'zlab beruvchi "Markaziy Osiyo qanotlari" taqdimotini ham o'tkazdi. Unda 2025 yilda Toshkent orqali tranzit salohiyatini mustahkamlash va yangi yo'nalishlarni ishga tushirish bo'yicha rejalar taqdim etildi.
Forum davomida V2V shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar turistlar oqimini ko'paytirish, qo'shma sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish va aviatsiya yechimlarini bozor ehtiyojlari bilan integratsiyalash yo'llarini muhokama qildilar.
Tadbir O'zbekistonning madaniy rang-barangligini namoyish qiluvchi maxsus dastur bilan yakunlandi.
Ta'kidlash kerakki, "Uzbekistan Airways" Milliy aviakompaniyasi O'zbekistonning sayyohlik va aviatsiya salohiyatini xalqaro maydonda ommalashtirish bo'yicha faol ishlarni davom ettirmoqda. Xususan, Moskva shahrida mazkur forumning o'tkazilishi aviakompaniyaning xalqaro aloqalarni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda turizmni rivojlantirish bo'yicha strategik yo'nalishining yana bir tasdig'i bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi