O'zbekiston sayyohlik salohiyati Malayziyadagi Osiyo ziyorat turizmi va savdo ko'rgazmasida taqdim etilmoqda
Avgust 24, 2025. 10:07 • 2 daq
• 63
KUALA-LUMPUR, 24-avgust. /"Dunyo" AA/. 22-24-avgust kunlari Malayziyaning Selangor shtatida Butunjahon ziyorat turizmi va savdo ko'rgazmasi (World Islamic Tourism & Trade Expo – WITEX) bo'lib o'tayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada mamlakatimiz elchixonasi tomonidan respublika turkompaniyalari bilan hamkorlikda O'zbekiston milliy stendi tashkil qilindi.
Xalqaro tadbiri Malayziya turizm agentliklari assotsiatsiyasi, Selangor shtati Administratsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, unda 150 dan ortiq turkompaniyalar va halol mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari hamda 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.
Ko'rgazma doirasida ishtirokchilariga O'zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, ziyorat turizmini jadal rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.
So'nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan malayziyaliklar uchun O'zbekistonga vizasiz kirish tartibi amal qilayotganligi hamda Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o'rtasida "Uzbekistan Airways" va "Batik Air Malaysia" aviakompaniyalari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi.
Tashrif buyuruvchilar Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining tarixiy va zamonaviy sayyohlik markazlari, boy madaniyati, betakror arxitekturasi va san'ati, milliy an'analari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Milliy stendda mamlakatimizning "Assalam Travel" turkompaniyasi tomonidan respublika "ziyorat turizm", "tarixiy-madaniy turizm", "gastronomik turizm", "Umra+", "qishki turizm", "ishbilarmonlik turizmi" (MICE) kabi sayyohlik dasturlari mahalliy aholi orasida keng targ'ib qilindi.
Ikki mamlakat turoperatorlarining "B2B" shaklidagi uchrashuvi davomida respublikaga malayziyalik sayyohlar oqimini oshirish, turizm dasturlarini Malayziya bozorida targ'ib qilish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Mazni Razali, Malayziyaning "Golden Destinations" turkompaniyasi menejeri:
– Biz Toshkent shahridagi turoperatorlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o'rnatganmiz.
Joriy yilning birinchi yarimida O'zbekistonga malayziyalik sayyohlar guruhlarini jo'natdik. Turpaketlarimizni xarid qilgan malayziyaliklar Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining tarixiy va madaniy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega.
Ta'kidlash joizki, mamlakatingizning boy madaniy merosi, tarixiy shaharlari va ziyoratgohlari, o'zbek xalqining mehmondo'stligi malayziyaliklar orasida katta qiziqish uyg'otmoqda.
O'zbekistonda ziyoratchi sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklar va sayyohlik infratuzilmalari yangilab borilayotgani bizni quvontirmoqda.
Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlarini bog'lab turuvchi haftasiga to'rt marotaba amalga oshirilayotgan to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar mijozlarimizga qulaylik yaratmoqda.
Malayziyada O'zbekistonni sayohatchi tashrif buyurishi shart bo'lgan manzil sifatida keng targ'ib qilishni davom ettiramiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi