Saudiyalik tadbirkorlar va investorlar O'zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishdi
Noyabr 13, 2025. 18:17 • 2 daq
• 84
AR-RIYOZ, 26-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyev Ar-Riyozda "O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling va O'zbekistonga sarmoya kiriting" mavzusida davra suhbati o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakat turizm infratuzilmasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, sayohat, mehmondo'stlik va madaniy almashinuv sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo'ldi.
Unda 40 dan ortiq xalqaro turizm biznesi vakillari, investorlar va boshqaruv kompaniyalari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, jumladan, mehmonxona fondi, transport va xizmat ko'rsatish infratuzilmasi, madaniy-ko'ngilochar klasterlar sohasidagi loyihalar taqdimoti o'tkazildi.
Anjumanda xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi islohotlar, boshqaruvning ilg'or standartlarini joriy etish, mamlakatimiz hududlarida yirik sayyohlik loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Ishtirokchilar mamlakatda yangi sayyohlik yo'nalishlari faol rivojlanayotgani, raqamli xizmatlar yaratilayotgani, viza tartiblari soddalashtirilayotgani, O'zbekiston hududlari xalqaro brendlar uchun tobora jozibador bo'lib borayotganini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi