O'zbekiston sayyohlik salohiyati Belarus poytaxtida namoyish etilmoqda
Sentabr 06, 2024. 15:46 • 55 soniya
• 167
MINSK, 6-sentabr. /"Dunyo" AA/. Belarus poytaxtida joylashgan "Galleria Minsk" savdo va ko'ngilochar markazidagi yirik ekranlarda O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyishi yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Mustaqilligi kuni arafasida boshlangan ushbu loyiha Minsk shahrining yetakchi savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun yurtimizning ko'rkam shaharlari, o'ziga xos tabiati, boy madaniyati va o'zbek milliy an'analarini bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.
"Galleria Minsk" savdo markazining tashqi tarafida o'rnatilgan katta ekran shahar markazida joylashgan bo'lib, uning yaqin atrofida ko'plab yirik ofis va ma'muriy binolar, do'konlar, mehmonxonalar, kafelar, sport saroyi, turli ommaviy yarmarkalar va konsertlar o'tkaziladigan maydon mavjud. Savdo markazi 6 qavatli binoda joylashgan bo'lib, har bir qavatning ichkarisida 2 tadan katta ekran o'rnatilgan.
O'zbekiston turizm salohiyati namoyishi 22-sentabrgacha davom etadi.
Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, "Galleria Minsk" savdo va ko'ngilochar markaziga ish kunlari 30 mingdan ortiq kishi, dam olish kunlari esa salkam 50 ming kishi keladi. Savdo va ko'ngilochar markazi joylashgan ko'cha bo'ylab avtotransport oqimi kuniga 60 mingdan ortiq bo'lib, piyodalar soni esa 100 mingni tashkil etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi