Logo

O'zbekiston turizm salohiyati Yekaterinburda bo'lib o'tgan "Expotravel-2025" xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida namoyish etildi

Oktabr 08, 2025. 09:45 • 42 soniya

73
O'zbekiston turizm salohiyati Yekaterinburda bo'lib o'tgan "Expotravel-2025" xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida namoyish etildi

YEKATERINBURG, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo'lib o'tgan "Expotravel-2025" xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida O'zbekiston hududlarining turizm salohiyati namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada davomida O'zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va xavfsizlik choralari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston turizm salohiyatiga oid bukletlar va jurnallar tarqatildi.

O'zbekiston Turizm qo'mitasi delegatsiyasi vakillari Rossiya, Vengriya, Slovakiya, Shri-Lanka kabi bir qator davlatlar turfirmalari vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi. Ularda ikki tomonlama sayyohlar almashinuvini yo'lga qo'yish, turizm sohasi vakillari ishtirokida info-turlar tashkil qilish va O'zbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlariga bag'ishlangan materiallarni nufuzli ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda e'lon qilish yuzasidan kelishib olindi.

Ko'rgazma sahnasida Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli jamoasi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi barchaga birdek manzur bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish