Malayziya turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya O'zbekistonga keldi
Iyul 04, 2025. 07:14 • 51 soniya
• 89
KUALA-LUMPUR, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Malayziyaning turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya kecha O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur info-tur mamlakatimiz elchixonasi va O'zbekiston Turizm qo'mitasi tashabbusi bilan uyushtirildi. Delegatsiya tarkibidan "MATTA", "BUMITRA" va "PAPUH" sayyohlik assotsiatsiyalari rahbariyati va ularga a'zo xorijga sayyohlarni yuborish bilan shug'ullanuvchi yirik turkompaniyalar vakillari o'rin olgan. Shuningdek, O'zbekistonning turizm salohiyatini Malayziya OAVda keng yoritish maqsadida delegatsiya tarkibida malayziyalik mashhur aktrisa, teleboshlovchi Adrea Abdullah ham yurtimizga keldi.
3-9-iyul kunlari bo'lib o'tayotgan tur davomida Malayziya turizm biznesi vakillari Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida bo'lib, O'zbekiston ziyorat turizm salohiyati, madaniy merosi, islom dunyosiga mashhur ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishadi.
Shuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari o'rtasidagi "B2B" shaklida uchrashuvlar tashkil etish va Malayziyadan mamlakatimizga sayyohlarni keng jalb qilish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ushbu info-tur 2025-yil 4-5-fevral kunlari O'zbekiston Prezidentining Malayziyaga tashrifi davomida O'zbekiston ziyorat turizm salohiyatini Malayziyada keng targ'ib qilish hamda mamlakatimizga malayziyalik sayyohlar oqimini yanada oshirish bo'yicha erishilgan o'zaro kelishuvlar ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi