O'zbekistonning boy madaniyati va turizm salohiyati Berlinda taqdim etildi
Iyun 26, 2025. 07:15 • 2 daq
• 89
BERLIN, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz elchixonasi tashabbusi bilan "BGS Falcke" tashkiloti bilan hamkorlikda Berlin federal o'lkasining Fridrixsxayn-Kroysberg tumani madaniyat uyida O'zbekiston madaniyati va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Berlin shahri jamoatchilik vakillari va faol vatandoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizdan kelgan Hafiza Qo'chqorova boshchiligidagi ijodiy guruh o'zining dasturini taqdim etdi.
O'zbekiston diplomatlari ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng qamrovli islohotlar va ularning natijalari haqida ma'lumot berdilar. Ushbu tadbir birodarlashgan Berlin va Toshkent shaharlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, do'stlik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shishi ta'kidlandi.
"Yangi O'zbekistonni bilasizmi?", "O'zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari va o'ziga xosliklari" mavzularida o'tkazilgan taqdimotlar orqali ishtirokchilar mamlakatimiz tarixi, boy madaniyati va san'ati, dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimiz haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, mamlakatimiz turizm salohiyati haqidagi film namoyish etildi.
Tarjimon va yozuvchi Hafiza Qo'chqorova o'zining ijodidan namunalar o'qib berdi.
Bundan tashqari, o'zbek oshxonasining asosiy taomi – palov tayyorlandi va bu yurtimiz gastronomik turizmini tanishtirish imkoniyatini berdi.
"Madaniyat uyimizda ilk marotaba o'tkazilgan O'zbekiston kechasi barchaga juda manzur bo'ldi. Bu kabi tadbirlar xalqlarimizni yanada birlashtiradi, muloqot ko'prigi o'rnatadi. Biz albatta, kelajakda tumanlar orasida ham birodarlashgan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishni istaymiz", – dedi Fridrixsxayn-Kroysberg tumani madaniyat uyi rahbari Shtefan Blok.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi