Logo

Guanchjou shahrida "Xitoyda O'zbekiston turizm yili" dasturi doirasida maxsus tadbir tashkil etildi

May 28, 2025. 20:51 • 41 soniya

67
Guanchjou shahrida "Xitoyda O'zbekiston turizm yili" dasturi doirasida maxsus tadbir tashkil etildi

GUANCHJOU, 28-may. /"Dunyo" AA/. "Xitoyda O'zbekiston turizm yili" tadbirlari dasturi doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan yurtimizning boy madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maxsus tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Guandun provinsiyasi turizm va madaniyat departamenti rahbariyati, mahalliy turistik kompaniya va agentliklar, OAV vakillari, bloger va inflyuyenserlar hamda faol vatandoshlar ishtirok etdi.

Yig'ilganlarga O'zbekistonda turizm va madaniyat yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklar va mavjud zamonaviy infrastruktura xususida batafsil ma'lumot berildi.

Yurtimizning madaniy-tarixiy merosi, milliy an'ana va urf-odatlari hamda tarixiy obidalari haqidagi ko'rgazma anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, mamlakatimiz gastronomik turizmining ajralmas qismi bo'lmish – palov tayyorlash bo'yicha master-klass tashkil etildi.

O'z navbatida, Xitoy tomoni joriy yilning 1-iyunidan boshlab o'zaro vizasiz rejim kuchga kirishi hamda Toshkent-Guanchjou yo'nalishida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar yo'lga qo'yilganini yuqori baholadilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish