Logo

O'zbekiston sayyohlik salohiyati Misrda taqdim qilindi

Iyun 22, 2025. 05:24 • 24 soniya

63
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Misrda taqdim qilindi

QOHIRA, 22-iyun. /"Dunyo" AA/. Misr davlat kutubxonasida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Misrning yirik turistik kompaniyalari va yetakchi OAV vakillari qatnashdi.

Yig'ilganlar O'zbekiston sayyohlik salohiyati, yurtimizning boy madaniy-merosi, tarixiy shaharlarimiz, zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirishga oid dasturlar, xorijiy sayyohlarga taklif etilayotgan turpaketlar to'g'risidagi aniq ma'lumotlar bilan tanishdilar.

Misrdan O'zbekistonga turizm maqsadida kelish istagida bo'lgan sayyohlar uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish tartib-qoidalari alohida ta'kidlandi.

Tadbir davomida mamlakatimiz turistik salohiyatiga doir videorolik namoyish etildi.

Anjumanning madaniy qismida O'zbekiston davlat filarmoniyasi raqqosalari tomonidan taqdim etilgan o'zbek milliy raqslari barchaga manzur bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish